Investline Bozorlar va investitsiyalar
Boʻlimlar
Investitsiyalar

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi yanvardan beri eng past darajaga tushdi

19-noyabr kuni 5 grammli oltin quyma narxi 8 mln 917 ming soʻmgacha tushib, soʻnggi 10 oydagi eng past darajani qayd etdi.

19-noyabr, 14:58По-русски

Read in English

19-noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston Markaziy banki 5 grammli oltin quymaning sotuv narxini 8 mln 917 ming soʻm etib belgiladi. Mart oyi boshidan beri narx qariyb 18 foizga pasaygan, biroq yil davomida oltin taxminan 10 foizga qimmatlagan.

Shikastlanmagan qadoqdagi quymani qayta sotib olish narxi 7 mln 207 ming soʻm etib belgilangan. Qadoq shikastlangan boʻlsa, bank quymani pastroq narxda sotib oladi.

Oʻzbekistonda narxlarning pasayishi jahon bozorida oltin kotirovkalari tushayotgan bir paytga toʻgʻri kelmoqda. Bozorga dollarning mustahkamlanishi, AQSh gʻaznachilik obligatsiyalari daromadliligining oshishi va Federal zaxira tizimi stavkalarni koʻtarishi kutilayotgani bosim qilmoqda. Stavkalar yuqori boʻlganda investorlar foiz daromadi keltirmaydigan oltin oʻrniga obligatsiyalar va daromad keltiruvchi boshqa vositalarni tanlashi mumkin.