Kosonsoy tumanida yirik sanoat loyihasi amalga oshirilmoqda
Yangiyul Juice Factory Kosonsoy tumanida meva-sabzavotni qayta ishlash va «Sochnaya dolina» brendi ostida sharbat ishlab chiqarish korxonasini qurmoqda. Loyiha qiymati — $20 mln.
18-noyabr, 15:57По-русски

20 million AQSh dollarilik loyiha Xitoy banki bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Korxona 3 gektar maydonda qurilmoqda; toʻliq ishga tushirilgach, yiliga 300 ming tonna mahsulotni qayta ishlay oladi.
Loyiha doirasida 100 ta ish oʻrni yaratish va yillik eksport hajmini 3 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.


