Besh investor Anthropic aksiyalarini IPOda sotib olish borasida turli fikrda
Joylashtirish jalb qilinadigan mablagʻ hajmi boʻyicha tarixdagi eng yirik IPOga aylanishi mumkin

Osaic kompaniyasining bosh bozor strategisti Fil Blankato aksiyalarni sotib olishga tayyor, garchi infratuzilma xarajatlari tushumdan tezroq oʻsayotgan, maʼlumotlar markazlarini esa oldindan band qilish kerak boʻlsa ham.
Chicory Wealth investitsiya tahlilchisi Kristian Jadolor esa sotib olishga tayyor emas: yilning birinchi yarmida Anthropic tushumining qariyb 50 foizi bulutli xizmatlar provayderlariga toʻgʻri kelgan. U, shuningdek, tartibga solish bilan bogʻliq xatarlar, sugʻurta yetishmasligi va modellar xatolari uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yuridik javobgarlikni ham taʼkidladi.
True North Advisors va Western Alternative Strategies kompaniyalarining investitsiyalar boʻyicha direktori Dhruv Maniktala baholashni haddan tashqari yuqori deb hisoblaydi, biroq oz miqdorda xarid qilish ehtimolini istisno qilmaydi. Uning hisob-kitobiga koʻra, maʼlumotlar markazlarini rejalashtirilgan tarzda kengaytirish uchun yiliga 3,5 trln dollar tushum kerak boʻladi. Hightower kompaniyasining bosh investitsiya strategisti Stefani Link ham oz miqdorda mablagʻ kiritishga tayyor: tushum yilma-yil 1 206 foizga oshgan, biroq uning 21 foizi eng yirik besh mijozga toʻgʻri keladi.
Nia Impact Capital asoschisi va investitsiyalar boʻyicha direktori Kristin Hall IPOda qatnashishdan voz kechdi. U bunga sabab sifatida qarzlar, raqobat, marjaning noaniqligi, ekologik xarajatlar va intellektual mulk boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarni keltirdi.
Yana oʻqing

Mutaxassislar sunʼiy intellekt pufagi xavotirlari fonida portfelni diversifikatsiya qilishni tavsiya qilmoqda
Investitsiyalar11:23
Nega ASML Anthropic IPOʻsidan koʻra qiziqarliroq investitsiya varianti
Investitsiyalar10:11

